Yangiliklar

.

“Ensiklopediya olamiga sayohat” tadbiri o‘tkazildi

16-iyun 2026-yil
image

Viloyat “Bolalar kutubxonasi” tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Farg‘ona shahar 25-umumta’lim maktabi sog‘lomlashtirish oromgohining 60 nafardan ortiq o‘quvchilari ishtirokida “Ensiklopediya olamiga sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda o‘quvchilarga ensiklopediyalarning ahamiyati, ularning ilm-fan, tarix, geografiya va tabiatga oid bilimlarni jamlagan muhim manba ekani haqida ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek, ensiklopediyalar tarixi va turlari bilan tanishtirildi hamda kitob ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Savol-javob va intellektual bellashuv tarzida o‘tgan tadbirda o‘quvchilar “Topqirlar” va “Bilimdonlar” jamoalariga bo‘linib, turli mavzulardagi savollarga javob berdilar.

Yakunda faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb