Yangiliklar
E’LON!
16-iyun 2026-yil
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shtab onlayn va oflayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.
Yangi o‘quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 1-sinflariga 87 289 nafar o‘quvchini qabul qilish rejalashtirilgan.
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Murojaatlar uchun:
+998 73 244-40-34
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.