Yangiliklar

.

OʻQUVCHILARNING BOʻSH VAQTLARI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA

15-iyun 2026-yil
image

Farg‘ona shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning jismoniy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tadbirlar doirasida o‘quvchilar uchun sport musobaqalari, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, turli harakatli va intellektual o‘yinlar, shuningdek, qiziqishlaridan kelib chiqib tashkil etilgan fan to‘garaklari ham faoliyat yuritmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yozgi ta’tilni maroqli va mazmunli o‘tkazish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborort xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb