Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

15-iyun 2026-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan jiddiy ayblovlar nega eʼtiborsiz qolmoqda?” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Ushbu xabarda fuqaro Dilshodbek Sotvoldiyevich Daliyev nomidan joylashtirilgan (va keyinchalik oʻchirib yuborilgan) postlar keng bahs-munozaralarga sabab boʻlayotgani bildirilgan.

Shuningdek, unda maktabgacha taʼlim tizimidagi ishga joylashtirish “stavkalari”, korrupsiyaviy holatlar hamda ayrim masʼullarning ushbu jarayonlarga aloqadorligi haqida jiddiy iddaolar ilgari surilgan.

Shuni taʼkidlash joizki, qonunchilikka koʻra, ushbu maʼlumotlar haqiqat boʻlgan taqdirda ham yoki tuhmat va igʻvodan iborat boʻlsa ham, tegishli huquqiy javobgarlik choralari belgilangan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganish natijalari boʻyicha jamoatchilikka qoʻshimcha va batafsil maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb