Yangiliklar
“Aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf etish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
18-iyun 2026-yil
Bugun Quvasoy shahri va Farg‘ona tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida “Aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf etish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimi Shuhrat G‘ulomov, Farg‘ona viloyati hokimligi komplaens nazorati sho‘basi boshlig‘i Xisrav To‘ychiyev, shuningdek, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi hamda adliya boshqarmalarining mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish, xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda huquqiy nigilizmning mazmun-mohiyati, uning kelib chiqish sabablari, jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali ushbu holatlarni bartaraf etishning samarali yo‘llari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilikka hurmat ruhini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.