Yangiliklar

.

Farg‘ona viloyatida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga kirish imtihonlari o‘tkazildi

26-iyun 2026-yil
image


Joriy yilda viloyat bo‘yicha 2289 nafar nomzod mazkur ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirib, kirish sinovlarida ishtirok etmoqda.

Bugun 5–7-sinflarga qabul bo‘yicha imtihonlarning 1-smenasi o‘tkazilmoqda. Sinovlar Cambridge University Press & Assessment tomonidan ishlab chiqilgan test topshiriqlari asosida tashkil etilgan bo‘lib, ingliz tili hamda matematika fanlarini qamrab oladi.

Nomzodlar ingliz tili fanidan o‘qib tushunish va grammatika bo‘yicha, matematika fanidan esa tanqidiy fikrlash hamda muammoni yechish ko‘nikmalari yuzasidan baholanmoqda.

Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad va yuqori natijalar tilaymiz!

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb