Yangiliklar
FARGʻONADA PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING SARALASH BOSQICHI BOSHLANDI
25-iyun 2026-yil
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi — saralash test sinovlariga start berildi.
Ayni paytda Fargʻona viloyatida ham Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi boshlandi.
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Prezident maktablarida tahsil olish istagidagi o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.