Новости
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Farg‘ona viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
26 июнь 2024 год
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi tizimi tasarrufidagi ta'lim muassasalari o'rtasida an'anaviy tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi o'tkazilib kelinmoqda.

Bugun mazkur tanlovning Farg‘ona viloyati bosqichi o'tkazilib, unda o‘z tuman (shahar)larida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 19 ta maktab jamoalari 4 ta yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni o‘qish, tinglab tushunish, leksik-grammatik bilimlar va yozish shartlariga ko‘ra, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Marg‘ilon shahridagi 11-maktab, 2-o‘rinni Farg‘ona shahridagi 21-maktab va 3-o‘rinni Qo‘qon shahridagi 32-maktab egalladilar.
Tanlov nizomiga ko‘ra, sinovning viloyat bosqichi g‘oliblariga egallagan o‘rinlari ketma-ketligida 250, 200 va 150 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
G‘olibarni Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov taqdirladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.