Yangiliklar
Bugun Farg‘ona shahridagi 21-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasasida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, “oltin” medal olgan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
26-iyun 2024-yil
Ma‘lumot uchun, Farg‘ona shahridagi 21-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabini 2023-2024-o‘quv yilida 11-sinfni 130 nafar o‘quvchi tamomladi.
Shundan 55 nafar bitiruvchi muddatidan avval talaba bo‘ldi.
Jumladan, Istamjon Umarov “Yangi O‘zbekiston” universitetiga (Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishiga) byudjet asosida o‘qishga kirdi.
Radmila Abrambekova Rossiyaning eng nufuzli universitetlaridan biri Sankt-Peterburg davlat universitetiga (Xalqararo jurnalistIka yo‘nalishiga) byudjet asosida o‘qiydi.
Jasmina Nabiyeva esa M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) Federal universitetiga (Sud va prokuratura faoliyati yo‘nalishiga) byudjet asosida o‘qishni qo‘lga kirdi.
Abdumajid Qo‘chqorov Toshkent gumanitar fanlar universiteti (Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi)ga shartnoma asosida o‘qiydi.
Shuningdek, mazkur maktabdan Oltoy Davlat universitetiga 17 kishi, Buryat davlat qishloq xoʻjaligi akademiyasiga 11 kishi, Sibir Federal Universitetiga 28 kishi, Ufa davlat neft-texnika universitetiga 16 kishi mudatidan avval talabalar safidan joy olishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.